📣 Balandlikda ishlash – bu sinov emas, mas’uliyat!
🖥SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” talablari qurilishdagi eng xavfli yo‘nalishlardan biri — balandlikda ishlashni qat’iy tartibga soladi:
✅ Bunday ishlar faqat 18 yoshdan oshgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tajribali xodimlarga ruxsat etiladi.
✅ 1,3 metr va undan yuqori joylarda doimiy yoki vaqtinchalik to‘siqlar, xavfsizlik kamarlar va himoya tarmoqlari bo‘lishi shart.
✅ Himoya tarmoqlari xodimlarni ham, pastdagi odamlarni ham tushayotgan buyumlardan himoya qiladi.
✅ Zinapoyalar, liftlar, platformalar sinovdan o‘tkazilib, faqat yaroqli holatda ishlatiladi.
✅ Bir necha sathda ish olib borilganda, 6 metrdan oshmagan oraliqda qo‘shimcha himoya tarmoqlari yoki oraliq platformalar o‘rnatilishi lozim.
✅ Loyihalash bosqichidayoq xavfsizlik choralarini rejalashtirish — majburiy talab.
⚠️ Xavfsizlik qoidalariga amal qilish — bu hayotni himoya qilishdir.
www.profacademy.uz
Telegram | instagram | YouTube