✅ 2026/2027-o‘quv yili magistraturasiga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalar bo‘yicha talabgorlarga aniqlangan kamchiliklarni 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz orqali tuzatish imkoniyati berildi.
🎓 Arizalar ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik mosligi, sertifikatlar, hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq yuklanganligi hamda boshqa talablar asosida rad etilgan bo‘lishi mumkin.
❗️Muhim: belgilangan muddatdan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Kamchiliklari o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
❌ Shuningdek, talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat darajasi mos kelmasligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi — bunday arizalar qayta topshirilganda ham ko‘rib chiqilmaydi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook














