Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini… — PRESSUZ — TG.ME

Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘tgan yili Oksford universitetiga tashrifi chog‘ida O‘zbekshunoslik dasturining ochilishida ishtirok etgan edi.

Endi dasturning navbatdagi bosqichi O‘zbekistonda davom etadi. Bugun Oksforddan kelgan talabalar ishtirokida bir oylik yozgi maktabga start berildi.

Talabalar o‘zbek tilini o‘rganish bilan birga, Toshkent, Samarqand va Buxoroga safar qilib, O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.

“Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman”, — dedi Saida Mirziyoyeva.


Eng muhimi, bu tashabbus orqali O‘zbekistonni dunyoga bevosita tanitishning yana bir akademik ko‘prigi shakllanmoqda.

@pressuz
👍2
August 31, 2026 520 3