Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.
Serjio Gor davlat rahbariga AQSH Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi bilan tabrikladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, "C5+1" formatidagi bo‘lajak tadbirlar va O‘zbekiston–Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
@pressuz
1August 31, 2026 638 2