Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlanib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar global masalalar yuzasidan ham fikr almashib, umumiy qarashlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Saida Mirziyoyeva uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tganini qayd etib, Van Iga iliq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.
@pressuz
3August 27, 2026 1.3K 1



