Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning buyuk ahamiyati… — PRESSUZ — TG.ME

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

"Mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘ladi. Shu bois, biz islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik. "Inson qadri uchun!" degan g‘oyani davlat siyosatining markaziga olib chiqdik.

Birinchi galda "paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik.

Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik

Katta siyosiy iroda ko‘rsatib, O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik. Xususan, chegara muammolari hal qilindi, qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi. Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Natijada "Iqtisodiy erkinlik indeksi"dagi o‘rnimizni 80 pog‘ona yaxshilab, "iqtisodiyoti mo‘tadil erkin" davlatlar qatoridan joy oldik".

@pressuz
👍1😱1
August 28, 2026 962 1