O‘zbekiston suv sohasida BMT bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytiradi… — PRESSUZ — TG.ME

O‘zbekiston suv sohasida BMT bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytiradi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev World Water Week 2026 doirasida BMT Universitetining Suv resurslari, atrof-muhit va salomatlik instituti direktori, professor Kaveh Madani bilan uchrashdi.

Tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv, mutaxassislar malakasini oshirish hamda O‘zbekistonning suv sohasidagi tajribasini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida suv masalasi davlat siyosatining strategik ustuvor yo‘nalishiga aylangani, sohada raqamlashtirish, suv tejovchi texnologiyalar va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tajribasini BMTning global suv tashabbuslarida ilgari surish va UNU-INWEH bilan aniq natija beradigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

@pressuz
August 26, 2026 1.4K 11