Kecha Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdik.
Ushbu ekspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar jamlangan. Xususan, Islom dini tarqalishidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davrlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, an’anaviy hunarmandchilik va to‘qimachilik san’ati namunalari shular jumlasidan.
Bu — Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, O‘zbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Shu kuni qatarlik yetti nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshladi. Unda yurtimizning boy madaniyati, an’analaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik san’ati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.
—
Вчера вместе с шейхой Аль-Маяссой бинт Хамад бин Халифа Аль Тани открыли в Музее исламского искусства Катара выставку «Узбекистан: наследие в движении».
Здесь собраны уникальные экспонаты из музеев Узбекистана и коллекций Катара, начиная с доисламского периода, эпохи Саманидов и Темуридов и до современности, включая образцы традиционных ремёсел и текстильного искусства.
Это прекрасная возможность познакомить жителей и гостей Катара с историей и наследием
нашей страны и ещё один важный шаг в развитии культурных связей между Узбекистаном и Катаром.
В этот же день открылась выставка «Ektashif Uzbekistan» — итог поездки семи катарских ремесленников по Ташкенту, Самарканду и Бухаре. Вдохновлённые культурой и традициями Узбекистана, они создали ювелирные изделия, тексты, исполненные в древнем каллиграфическом стиле, ковры, а также представили свои фото, сделанные в путешествии.
Forwarded fromSaida Mirziyoyeva
1
1
1September 3, 2026 275









