Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar… — Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov — TG.ME

Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.

O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.

Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.

Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.

G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.

Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿2❤1👍1
September 3, 2026 309 3