O‘zbekiston Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun JSSTning nufuzli xalqaro mukofoti — WHO Director-General’s Award-2026 bilan taqdirlandi.
Bu qanday mukofot?
WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti. U 2019-yilda JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus tomonidan ta’sis etilgan. Laureatlarni shaxsan JSST Bosh direktori tanlaydi.
Ushbu mukofot global sog‘liqni saqlash sohasida alohida yetakchilik ko‘rsatib, aholi salomatligini muhofaza qilishda aniq natijalarga erishgan shaxslarga beriladi. Mukofot har yili cheklangan sondagi shaxslarga taqdim etiladi.
Masalan, 2024-yilda uch nafar, 2025-yilda ikki nafar laureat ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan. Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari, amaldagi hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va taniqli olimlar bor.
Xususan, Barbados Bosh vaziri Mia Mottli, fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Katalin Kariko va Dryu Vaysman, global sog‘liqni saqlash sohasidagi taniqli olim Piter Piot, Garvard professori Pol Farmer kabi dunyoga mashhur shaxslar ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan.















