Birinchi qo‘ng‘iroq va Bilimlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
Bayram tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, yurtimiz bayrog‘i tantanali ravishda ko‘kka ko‘tarildi. Ta’lim dargohlari yana bir bor o‘quvchilarning beg‘ubor kulgisi, quvonchi va hayajoniga to‘ldi.
Maktabga ilk bor qadam qoʻygan oʻquvchilarga Prezident sovgʻalari topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.