📌 Springer'da chiqqan maqolani OAK hisobga oladimi?
Kanalimizga eng ko'p kelayotgan savollardan biri shu. Savolning mazmuni taxminan bunday:
"Falon jurnal Scopus'da Q1. Lekin u Springer nashriyotida chiqadi. OAK esa 10-iyundan keyingi izohida Springer'ni mustaqil baholash mezoni bo'la olmaydigan ro'yxatga kiritgan. Shunda bu jurnalga maqola bersam bo'ladimi?"
Keling, chalkashlikni boshidan yechib olaylik.
Avvalo, tushunchalarni ajratamiz: ▪️ Springer — nashriyot ▪️ Scopus — indekslash bazasi ▪️ Web of Science — indekslash bazasi ▪️ JCR — jurnal metrikalari bazasi ▪️ SCImago — analitik platforma
Bular bir xil narsa emas. Ko'pchilikning xatosi ham aynan shu yerdan boshlanadi.
OAK pozitsiyasi aslida nima deydi?
"Springer'da chiqqan maqola tan olinmaydi" degani emas.
Gap shundaki: maqolangizning Springer, CrossRef, DOAJ, ResearchGate yoki SCImago sahifasida ko'rinib turishining o'zi mustaqil baholash mezoni bo'la olmaydi. Ya'ni "maqolam Springer'da chiqdi, demak avtomatik o'tadi" degan mantiq ishlamaydi.
Ammo agar o'sha jurnalning o'zi Scopus yoki Web of Science'da indekslangan bo'lsa, baholashda asosiy mezon nashriyot nomi emas, jurnalning xalqaro indeksdagi maqomi bo'ladi.
Demak, to'g'ri savol boshqacha bo'lishi kerak:
1️⃣ Jurnal ayni topshirish paytida Scopus'da active holatdami? 2️⃣ Web of Science / ESCI / JCR'da qanday maqomga ega? 3️⃣ Q1 reyting qaysi bazada va qaysi yil uchun ko'rsatilgan? 4️⃣ Maqolangiz jurnal scope'iga mosmi? 5️⃣ Maqolangizda Q1 jurnal kutadigan metodologik kuch bormi?
Topshirishdan oldin amaliy tekshiruv:
— Scopus source sahifasida active statusni ko'ring — Journal scope'ini diqqat bilan o'qing — Oxirgi 2–3 yilda chiqqan maqolalarni ko'zdan kechiring — Maqolangiz jurnal yo'nalishiga mosligini baholang — APC yoki hybrid open access shartlarini aniqlang — Q1/Q2 ma'lumotini faqat bitta platformadan emas, bir necha manbadan solishtiring
📌 Xulosa:
Springer'da juda kuchli jurnallar ham bor — xuddi har qanday yirik nashriyotda bo'lgani kabi. Shuning uchun jurnalni faqat nashriyot nomiga qarab "xavfli" deb belgilash ham, aksincha "Springer-ku, ishonaveraman" deyish ham xato.
Nashriyot nomi yetarli asos emas. Indeksatsiya, scope, metrika va jurnalning real maqomi — mana shular asosiy mezon.
Faqat "Springer", "Q1" yoki "Impact Factor bor" degan sabab bilan maqola topshirib yubormang. To'liq tekshiruvdan o'tkazing.
📥Savollaringiz bo'lsa — @publishedresearcher ✅https://t.me/phdzonepublishing