Bilasizmi ukalar yoki singillar ba’zi hollarda o’z opalari yoki akalariga qaraganda muvaffaqiyatliroq bo’ladi yoki maqsadlariga osonroq erishishadi. Menimcha bu holat shu akalar yoki opalar sabab. Nega? Chunki ular bizga allaqachon bir yo’l yurib berishadiki undagi natijador harakatlarni o’rgansak, shu bilan birga ular qilgan xatolarni qilmaslikni ham o’rganamiz. Ular xató qilishadi biz ushbu xatodan o’rganamiz. Natijadi shu xató qilingan narsada xató qilmasdan ildamlay olamiz. Menimcha shu uchun ham ular qilgan xatolar biz bilmagan holda bizga yordam beradi. Xuddi ular tikanni bosadi. Biz ortlaridan tekis yo’ldan o’tamiz. Hammasi
shaxsiy fikr, qo’shilmaslingiz ham mumkin sizda boshqacha bo'lgan bo'lishi ham mumkin, yoki o’zingiz ukalaringizga tikanlarni bosib hayotni o’rgatayotgandirsiz. Baribir hayotidagi ba’zi muvaffaqiyatsizligi bilan bizning muvaffaqiyatimizga bir tarafdan xissa qo’shganlar - Opalar va Akalar xato qilib bizga to’g’ri yo’l ko’rsatganingiz uchunam rahmat.
Forwarded fromnigoro
5August 7, 2026 207 2