Nega unda bor, nega bu borgan joyga men bormaganman, nega menda bu narsa bunday ....
Hayotda ba’zida ming urinsak ham o’zimizni kimlar bilandir solishtirib qo’yamiz. Dugonamiz bilanmi,tanishimiz bilanmi yoki mahalladagi u bu kim bilandir balki. O’zimizni solishtirmaslik boriga shukr qilish kerakligini bilamiz, lekin xatokor insonmizda ba’zida ijitmoiy tarmoqda ko’rgan payt beixtiyor o’ylab qolasan. Nega menda unday emas- “Rizq”imizni so’roq savol qilamiz. Hammaga har xil rizq berilgani unda bor narsa bizda, bizda bor narsa unda yo ‘q bo‘lishi tabiiy ekanligini tushuntira olmaymiz nafsimzga.Avvalgilar hammani zuvalasi har xil degan gapni shunga ham aytgan bo‘lishsa kerak, negaki senga berilmadi degani sen bundan mahrum qilinding degan emas. Senga ne’matlar boshqa ko‘rinishda boshqa shaklda berilgan bo‘lishi ham mumkinku. To‘g‘ri hozir ijtimoiy tarmoq shunchalik ommalashganki undagi insonlar hayotini ko‘rib o‘zimiznikiga taqqoslash juda oson bo‘lib qoldi. Avvallari faqat qo‘shnining bolasiga yoki televizorda ko‘rganing kimlar bilandir solishtirilgan hayot endi butun bir millionlab insonlar orasidan qaraladigan bo‘lib qoldi. Yo’qotishlar hammada bor, tashvish hammada bor va albatta shukr qilinadigan ne’matlar ham hammada bor. Tok ham + va – bo’lganida ishlaydiku to’g‘rimi o’zingning – laringni o‘zgalar + lari bilan solishtirishni bas qil. Senga berilgani ham berilmagani ham rizq.Solishtirmay, allohdan rizqingni keng qilishini so‘rab duo qil!
#özimga
#anglatish_uchun_emas_anglash_uchun