35 bolaga — 35 yangi imkoniyat: Octobank maktab o‘quvchilariga quvonch ulashdi
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Octobank Toshkentning Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarida istiqomat qiluvchi 35 nafar o‘quvchiga maktab anjomlari va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tashabbus mahalla bankirlari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uchrashuv davomida bolalar bilan ularning qiziqishlari, kelajakdagi rejalari va orzulari haqida suhbatlashildi.
Octobank vakilining ta’kidlashicha, tashabbusdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning yangi o‘quv yilini yaxshi kayfiyat va ishonch bilan boshlashlariga ko‘maklashishdan iborat.
11
7
1
1
1August 29, 2026 88K