Imtihonda ko'pchilik qiladigan 5 ta xato 📝
Bilimi yetarli bo'la turib, shu xatolar sababli ball yo'qotadiganlar ko'p.
1. Vaqtni hisoblamaslik. Bitta qiyin savolga ko'p vaqt ketib qoladi, keyin oson savollarga ulgurmaysiz.
2. Savolni oxirigacha o'qimaslik. Shoshilganda "NOT", "EXCEPT" kabi so'zlarni payqamay qolasiz.
3. Listening'da orqada qolish. Bitta javobni eshitmay qolsangiz, o'sha joyda to'xtab qolmang, keyingi savolga o'ting.
4. Writing'da rejasiz yozish. Yozishdan oldin ikki daqiqa reja tuzib oling, matn ancha tartibli chiqadi.
5. Speaking'da jim qolish. Xato qilishdan qo'rqmang, jim turgandan ko'ra gapirgan yaxshi.
Bularning hammasi mashq bilan tuzaladi. Imtihondan oldin kamida bir marta to'liq formatda topshirib ko'ring.
👉 onlyedu.uz
📷 Instagram: instagram.com/onlyedu.uz