"Qaraqalpaqstan Ekologiyası" газетасы: post #4539 — TG.ME

#fakt

🗺OROL DENGIZI: SUV CHEKINGAN, AMMO MAS’ULIYAT QOLGAN

➡️Bir paytlar dunyodagi to‘rtinchi yirik ichki ko‘l bo‘lgan Orol dengizi 68 ming km² maydonni egallab, yiliga 40 ming tonnagacha baliq yetishtiriladigan hayot manbai edi.

➡️Bugunga kelib, dengiz suv hajmining qariyb 90 foizini yo‘qotdi. Uning qurigan tubida ulkan Aralkum cho‘li paydo bo‘lib, tuz va chang bo‘ronlari tabiat, qishloq xo‘jaligi hamda inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

➡️Orol fojiasi — suv resurslaridan oqilona foydalanish kelajak uchun naqadar muhim ekanini ko‘rsatgan tarixiy saboqdir.

@ecomediauzb

📸Instagram📹YouTubeTelegram
💬Facebook
❤1
July 15, 2026 186 1