"Qaraqalpaqstan Ekologiyası" газетасы: post #4538 — TG.ME

Forwarded fromSHShahboz Sayyid
Yosh avlodda ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish maqsadida Ulbosin Mirzanazarova tomonidan respublikamizda ilk bor qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Óziń boya” nomli innovatsion o‘quv-metodik qo‘llanma yaratildi.
Qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob o‘simlik va hayvon turlari haqida sodda va ilmiy asoslangan ma’lumotlar, bo‘yash uchun ilustratsiyalar hamda QR-kodlar orqali foto va videomateriallar jamlangan.

Ushbu qo‘llanma ekologik ta’lim samaradorligini oshirish, biologik xilma-xillikni asrash g‘oyalarini targ‘ib etish hamda yosh avlodda tabiatga mehr va ekologik mas’uliyatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
#sayohat #nature #tabiat #yirtqich #safar

Telegram | Instagram |Youtube | Facebook
🔥2👍1👏1
July 14, 2026 120