Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor… — Nurobod tumani hokimligi — TG.ME

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikni soʻndirishning yangi mexanizmi

1. Tadbirkorlik subyektlariga eksport operatsiyalari boʻyicha aktivlarning belgilangan muddatlarda repatriatsiya qilinishi taʼminlanmagan hollarda yuzaga kelgan debitor qarzdorlikni oʻz mablagʻlari hisobidan soʻndirishga ruxsat berish boʻyicha 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan muddatga bir martalik umumdavlat aksiyasi (keyingi oʻrinlarda — aksiya) eʼlon qilinsin.

2. Belgilansinki, aksiya:

(a) ushbu Farmon kuchga kirgan sanaga qadar tashqi savdo shartnomasi boʻyicha tovarlar, ishlar yoki xizmatlar amalda eksport qilingan, biroq xorijiy kontragent tomonidan toʻlov belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganligi sababli yuzaga kelgan va “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimida muddati oʻtgan sifatida qayd etilgan debitor qarzdorliklarga nisbatan tatbiq etiladi;

(b) ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar hamda ustav kapitalida ushbu tashkilotlar ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq aksiya doirasida:
(a) naqd shakldagi valyuta mablagʻlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi va tegishli ishonchnomalarni taqdim etmagan holda xizmat koʻrsatuvchi bank kassalari orqali tadbirkorlik subyektining hisobvaragʻiga kiritish yoʻli bilan muddati oʻtgan debitor qarzdorlikni soʻndirishga ruxsat beriladi;

https://www.lex.uz/uz/docs/-8444978

🧡@nur_press
❤2
September 3, 2026 1.8K 5