Shu yilning 5-sentabr kuni soat 09:00 dan boshlab Paxtachi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi meditsina texnikumi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat Sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik sudlov hay'ati raisi O.Xasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bozorov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xaydarovlar ishtirokida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etadi.
Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa sayyor qabulda murojaat qilishingiz mumkin.
Agarda sayyor qabulga kelish imkoniyatingiz bo‘lmasa t.me/samhokimgamurojaat_bot orqali onlayn murojaat yo‘llashingiz mumkin.
📅 Sana: 5-sentabr.
📍Manzil: Paxtachi tumani Jahonobod mahallasi Ziyovuddin ko‘chasi 146-uy.
🔹 Mo‘ljal: Paxtachi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi meditsina texnikumi.
📞 Malumot uchun telefonlar: +998 66 229-10-00.


