Vaqt bu — inson hayotidagi eng qimmat resurs. Uni na ko‘paytirib bo‘ladi, na qaytarib olinadi. Har bir o‘tgan daqiqa — boshqa hech qachon takrorlanmaydigan imkoniyatdir. Vaqt odamni tarbiyalaydi: kimnidir sabrli qiladi, kimnidir kuchli, yana kimnidir esa o‘zgartirib yuboradi.
Vaqtning eng katta siri shundaki, u hech qachon to‘xtamaydi. Sen xoh, istamagin — u oldinga qarab boraveradi. Shuning uchun insonlar vaqtni to‘g‘ri sarflashni o‘rganishi kerak: kimlar bilan vaqt o‘tkazishi, nimaga vaqt ajratishi, nimaga ajratmasligi — bularning barchasi uning kelajagini belgilaydi.
Vaqtni qadrlagan inson hayotini qadrlaydi. O‘tgan kun, o‘tgan daqiqa qaytmaydi. Shuning uchun har bir kunni mazmunli o‘tkazish, o‘zing uchun kerak bo‘lgan yo‘lni tanlash va o‘zingga foyda beradigan ishlarni qilish — eng to‘g‘ri qarordir.