auditoriyamiz_afsonalari Har yili mustaqillik bayrami arafasida… — OʻzMPU YOSHLARI — TG.ME

Forwarded fromHIHilola Umarova
#auditoriyamiz_afsonalari

Har yili mustaqillik bayrami arafasida davlatimiz rahbari Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi. Bu marhumlar xotirasiga hurmat, mustaqillik uchun jon bergan millat oydinlari ruhini yod etishdek goʻzal an’ana.

Yoshlar, vatandoshlarimiz qatagʻon dahshatlarini his etishi, anglashi uchun Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov hayotini oʻrganishi kerak deb oʻylayman. Boisi u eng matonatli, to‘g‘riso‘z va fojiali taqdirni boshdan kechirgan o‘zbek adabiyotining nodir vakillaridan biridir. Shukrullo qariyb bir asrlik umri davomida oʻtgan asrdagi o‘zbek ziyolilarining boshiga tushgan qatag‘on va adolatsizliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, asarlarida ochiq-oydin yoritgan ulkan yurak egasi.

“Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan navbatdagi videomiz O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov haqida boʻlib, uning aynan bizning universitetimizda tahsil olgani barchamizni faxrlantiradi. Video orqali uning darsliklarga kiritilmagan matonatli hayot yo‘lidan ayrim voqealarni eslaymiz.

Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi.

@hilola_umarova
❤5🔥5⚡3🎉2
August 31, 2026 529