Koʻksingda porlagan ozodliging bor,
Yurt uchun jon berar farzandlaring bor.
Seni jondan suygan murg‘ak qizingning
Senga atalgan pok tilaklari bor.
O‘ttiz besh yil — sharaf, o‘ttiz besh yil — nur,
Tarixing bag‘rida ming-minglab g‘urur.
Har tonging istiqlol nafasi bilan,
Yashnagay bag‘ringda mangu va mag‘rur.
Boshlab bergan edi ulug‘ bir Sarbon,
Izdoshi eltmoqda yuksaklik sari.
O‘ttiz besh yil senga bo‘ldi soyabon,
Kamol topdi yurtning mard avlodlari.
Sadoqat ahdida turgan qizingman,
Nurafshon kuningdan porlar ko‘zlarim.
Senga tinchlik tilab o‘tar har onim,
Yurakdan aytilgan ushbu so‘zlarim.
Mag‘rur hilpiraydi ko‘kda bayrog‘im,
Yangrar olam uzra madhiyam — baxtim.
Senga fido bo‘lsin jon-u jahonim,
35 yilliging muborak, Yurtim!
✍🏻 Feruza Yermuxamadova
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti Filologiya fakulteti "Oʻzbek tili va adabiyoti" yoʻnalishi talabasi
4
4
2
2
1September 1, 2026 466 1