🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli hamyurtlar!
Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobi, milliy g‘ururimiz va qadriyatlarimizning timsoli, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.
Bugun jonajon O‘zbekistonimizda, xususan, go‘zal va betakror Namangan zaminida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va islohotlar, yangi marralar va ulkan loyihalar xalqimizning farovon hayotini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, osuda va tinch bo‘lsin. Har bir xonadonda bayram shukuhi, mehr-oqibat va fayz-u baraka hukm sursin!
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, aziz hamyurtlar!
Hurmat bilan,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Namangan hududiy filiali direktori
Dilmurod Mamadjonov

9
4August 31, 2026 1.5K 5