🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA MUNOSIB TAYYORGARLIK
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali jamoasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida bayramona tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi.
Filialning ma’muriy binosi va hududi davlat bayroqlari, milliy ramzlar hamda bayramona bannerlar bilan bezatilib, Vatanimiz mustaqilligiga bo‘lgan yuksak hurmat va sadoqat yana bir bor o‘z ifodasini topdi. 🇺🇿
Shuningdek, filialimiz tasarrufidagi maxsus texnikalar ham bayramona ruhda bezatildi.
Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘, eng aziz qadriyati! Uni munosib nishonlash, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga hissa qo‘shish har birimiz uchun sharaf va mas’uliyatdir.
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — yangi marralar sari!
#Mustaqillik35 #MustaqillikBayrami #Namangan #HududiyElektrTarmoqlari #VatanimO‘zbekiston #YangiO‘zbekiston
7
5
3August 30, 2026 1.6K 1