ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA! 📍 Davlatobod tumanida aholi… — “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL — TG.ME

⚡️ ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA!

📍 Davlatobod tumanida aholi vakillarining murojaatlari asosida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔧 Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada sifatli ta’minlash maqsadida hududda 2 kilometr yangi elektr tarmog‘i qurilmoqda. Shuningdek, yangi transformator punkti o‘rnatilib, elektr kabellarini tortish va tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

⚡️ Mazkur ishlar yakunlangach, hududdagi elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligi yanada oshadi.

😊 Aholi vakillari amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ta’mirlash ishlaridan mamnun.
Ularning murojaatlari asosida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sifatli va barqaror elektr ta’minoti — xalq farovonligi uchun! ⚡️
🇺🇿
❤2
August 25, 2026 2K 4