⚡️ ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA!
📍 Davlatobod tumanida aholi vakillarining murojaatlari asosida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔧 Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada sifatli ta’minlash maqsadida hududda 2 kilometr yangi elektr tarmog‘i qurilmoqda. Shuningdek, yangi transformator punkti o‘rnatilib, elektr kabellarini tortish va tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ Mazkur ishlar yakunlangach, hududdagi elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligi yanada oshadi.
😊 Aholi vakillari amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ta’mirlash ishlaridan mamnun.
Ularning murojaatlari asosida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Sifatli va barqaror elektr ta’minoti — xalq farovonligi uchun! ⚡️🇺🇿
2
1August 24, 2026 1.9K 8









