#MilliyQadriyatlar #MilliyLiboslarKuni
🇺🇿 Milliy an’ana — millat ko‘zgusi
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetining Namangan manzilida Davlat madhiyasini jamoaviy ijro etish ezgu an’anaga aylanmoqda. Har juma kuni Milliy liboslar kuni ni tashkil etish orqali milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tibor yanada yuksaltirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar va xodimlarning milliy liboslarda ishtirok etishi xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 TITU Namangan manzilida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni keng targ‘ib etish hamda yosh avlodga yetkazishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar izchil davom ettirilmoqda.