Ma’nosiz gap-so‘zlarga berilish, foydasiz bahslarga aralashish va seni Allohga yaqinlashtirmaydigan, balki shaxsiyatingni shakllantirishdan uzoqlashtiradigan narsalarga e’tibor qaratish – hayotingni sezdirmasdan o‘g‘irlaydi, fikringni chalg‘itadi va rejalaringni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.
Oradan vaqt o‘tgach, sen o‘zing uchun mutlaqo ahamiyatsiz bo‘lgan janglarga kirishganingni va hayotingning haqiqiy yo‘lidan chetga chiqib ketganingni tushunib yetasan.
Aslida, hayotimizdagi ko‘plab narsalar hatto munosabat bildirishga ham arzimaydi.
Eng yaxshisi, o‘zimizni kuchli iroda va baland g‘ayrat bilan tarbiyalash va bizga foyda bermaydigan millionlab janglardan voz kechishdir.
Shayx Yusuf Xattor hafizahulloh





