Mumina.uz: #20445-post — TG.ME

#xabarlar

✍️Buxoroda otinoyilar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi

📆 Joriy yilning 3–4-sentyabr kunlari Buxoro shahrida "Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati" mavzusiga bag‘ishlangan ikki kunlik o‘quv seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

➡️ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, viloyat hokimligi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi   hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda sohaning tajribali mutaxassislari ma’ruza bilan chiqish qildilar.

✔️O‘quv mashg‘ulotlari davomida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan "Moturidiylik ta’limotining mutaassib toifalarga qarshi kurashdagi o‘rni" hamda "Soxta salafiylarning aqidaviy xatolari" mavzularida ma’ruzalar qilindi.

🫥 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan savol-javob mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish yuzasidan zarur manbalar va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

🟢Bu kabi tadbirlar jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, xotin-qizlarning jamoat ishlaridagi faolligini oshirish va milliy qadriyatlarimizni avloddan avlodga avaylab yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🚀@muminauz 🌺
📱muminauzportali
❤10
September 5, 2026 1.7K 13