Multi-Level Original: post #34102 — TG.ME

Doim bir xil kiyimda yuribmiz😄

Bobom ikkimiz sayohatga ketishdan oldin kiyim qilgan edik. Qayerga borsak hamma qiziqib qarashyapti. Ko'pincha meni bobomni o'g'li deb o'ylashadi. Nabiralari ekanligimni aytishsa esa yanada qiziqib qolishadi.

Nimaga bobom bilan sayohatga chiqaman?

Fursat g'animat, vaqt g'animat - imkoniyatim bormi? xotira yaratishni xohlayman. Bobom 72 yoshga kirishdi va hali ham tetik Xudoga shukur. Mana shu paytlardan foydalanib dunyoni ko'rsatishni xohlayman ularga.

Bobomni xursandchiligini ko'rish, ularni davomiy duo qilishlari menga yaxshigina energiya beradi. O'zimga qolsa bir ikki kunda dam olib yana ishga qaytaveraman muammo yo'q bu masalada. Lekin bobom bilan har xil activity larni sinash qiziq. Oilasi uchun hamma narsani qilishgan va hozirgacha qilib kelishadi. Ular bunday hordiqqa loyiq inson.

Ollohga shukur qilaman shunday imkon berganiga. Kichkinaligimda qilgan niyatim payti kelib amalga oshayotganidan xursandman.

Imkonsiz narsalarni xayolga solmaydi o'zi - yaxshi niyat bilan harakat qilavering hammasi o'xshaydi bir kun kelib!

✉️Join us: @multileveloriginal
❤103👍28🔥21🥰7❤‍🔥5⚡2🐳2🕊1
September 2, 2026 1.8K 7 7