O'zimni ekspertman deb aytmayman - men ustozman. Yo'nalish ko'rsataman, o'rgataman va amalda sinalgan narsalar asosida o'quvchi tayyorlayman.
Lekin bir ikki imtixonda C1 olib o'zini "ekspert" deb ataydiganlar ham ko'payib ketibdi.
"Kuzda oson bo'ladi topshiring - bo'lmasa ota-onangiz sizni oq qilib yuboradi" degan safsatalar hali ham bor ekan.
Insonlar, imtixon qachon topshirsangiz ham bir xil formatda bo'ladi. Shunchaki hayp yig'ish uchun aytilgan gaplarga chalg'imasdan fokusni ilmni mustahkamlashga qaratinglar.
Qo'rqitish va umid berish - marketing xiylalari. Osonlikcha odamni o'ziga qaratib olish uchun ishlatiladi. Real qarang hayotga - bilimi bor odam qachon topshirishi ahamiyatsiz natija qiladi!








