Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
Nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi).
🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etadilar.
❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
@Multilevelexamm










