Va alaykum assalom , Rahmat Alhamdulillah yaxshiman.
To‘g‘risi, agar dasturchi bo‘lmaganimda qaysi kasbni tanlashimni aniq ayta olmayman futbolchi bo'laman deb urunganman o'xshamagan , keyin hobbylarga berganman focus birorta mqasadsiz , undan keyin matematika oliy darajasida lekin yo'l aniq bo'lmagan lekin maqsad aniq edi hobbylarni hech qachon tashlamaganman coding bu hobby edi doim erkin qaraganman. Lekin bir narsaga ishonchim komil bugungi yo‘limning katta qismi aynan dasturlash orqali shakllangan.
Dasturlash manga faqat kod yozishni emas muammo ko‘rishni, tizim qurishni va jarayonlarni tahlil qilishni o‘rgatdi. Keynchalik biznesga kirganimda ham aynan shu fikrlash tarzi juda katta yordam berdi.
Manimcha, boshidan biznesmen bo‘lib ketish ancha qiyin bo‘lardi )) Bu shakillanarkan hoziram shu jarayon bilganimdan bilmaganim ko'p. Chunki dasturlash orqali mahsulot yaratish, mijoz muammolarini tushunish va qiymat yaratish tajribasi pro bo'lib ketgan, Biznesga kirishimga ham shu narsa sababchi bo‘lgan. Biznesga kirishdan oldin ham real caseda aynan shu biznesga yechim berib yurganman doim va o'zim qilsam bunaqa emas bunaqa yondashuv qilaman derdim , biznes bu butun boshli tizimni kichik detallarigacha ichidan o'tish.
Agar IT bo‘lmaganida, ehtimol xarbiy bo'lardim balki Matematik o'qtuvchi yoki tizimlar bilan bog‘liq yo‘nalishlardan birini tanlagan bo‘lardim. Chunki manga doim murakkab jarayonlarni soddalashtirish va tizimlashtirish qiziq bo‘lgan doim
Orqaga qarab qarasam, dasturlash man uchun kasbdan ko‘ra ko‘proq hobby + fikrlash usulini bergan ekan.