Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Azizlar, bugun sizlarga yana bir haqdor — yordamga muhtoj oila haqida maʼlum qilmoqchimiz.
Haqdorimiz Fargʻonaning Margʻilon shahridan.
Bu ayol 2016-yildan buyon farzandini yolgʻiz oʻzi tarbiyalab kelmoqda (turmush oʻrtogʻi ularni tashlab ketgan). Ayol farzandini halol rizq bilan boqish uchun uyda qoʻl mehnati bilan shugʻullangan, keyinchalik bogʻchada mehnat qilgan.
Bu orada oilaga ogʻir xastalik sinovi keldi:
Yolgʻiz ona 2021-yildan beri bartolinit kistasi bilan ogʻriydi. Qancha davolanmasin, xastalik qayta-qayta xuruj qilavergach, shifokorlar operatsiya zarurligini aytishdi. Surunkali qon yoʻqotishlar sababli ayol hozir juda madorsiz va holsiz ahvolda.
Ayolning 10 yoshli qizi esa 2 yildan beri allergik bronxial astmadan aziyat chekadi. Shu sababli maktabga bora olmay uy taʼlimida oʻqimoqda.
Avval qizining, soʻng oʻzining xastaligi bilan kurashayotgan bu ona hozir chin maʼnoda yordamga muhtoj.
Azizlar, bu ayol farzandining yonida sogʻ-omon boʻlish ilinjida, farzandini oyoqqa turgʻazish uchun yashashga kurashmoqda. Operatsiya va tahlillar uchun esa mablagʻ yetishmayapti.
Hatto kerakli mablagʻni aytishga hayo qilyaptilar, uydagi taqinchoq, televizor va boshqa buyumlarni ham sotishga qaror qilganlar. Xayriyadan yigʻilgan pul qancha koʻp boʻlsa, bu ayol va qizi uchun shuncha yaxshi.
Dorixonadan qarz ham boʻlib qolganlari uchun tezroq yordam berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.
Keling, ushbu sinovli kunlarda bu ona-bolaga qoʻlimizdan kelganicha yordam beraylik!
Kerakli pul miqdori 15 mln soʻm atrofida.
Karta raqam: 9860080394158416
Xasanova Dilorom nomida
Shaxsan oʻzlariga borib yordam berishni istaganlar uchun manzil va telefon raqamlari beriladi, murojaat uchun: @Yaxshiqarz_admin
• Shayx Muhammad Mutavvaliy Shaʼroviy rohimahulloh agar farzandlaridan kimdir muhtoj-u miskinni yordamsiz qoldirganini eshitib (bilib) qolsalar, gʻazablanib, unga qattiq tanbeh berar edilar. Muhtojga yordam berish dunyoga teng yaxshilik ekanini bolalarga yoshlikdan oʻrgatardilar.
@yakhshiqarz