Bundan tashqari, klub ixtiyorida hamon Amass bor. Diego Leon esa ayni vaqtda ushbu pozitsiya uchun variant sifatida ko‘rilmayapti.
✍️ | Lyuis Xollga qiziqish:
Tilemans va Baleba transferlari amalga oshirilishi oralig‘ida «Yunayted» to‘laqonli chap qanot himoyachisini — Xollni sotib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan.
Maunt mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida yaxshi taassurot qoldirgan bo‘lsa-da, klub xodimlari, jumladan Karrik, Lyuis Xoll Shou bilan raqobatni kuchaytirish uchun navbatdagi yarim himoyachidan ko‘ra muhimroq bo‘lishi mumkin, degan fikrda bo‘lgan.
«MYu» Xoll uchun taxminan £50 millionlik transferni ko‘rib chiqqan. O‘sha paytda klub «Old Trafford»ga o‘tish va ChLda ishtirok etish imkoniyati futbolchi uchun jozibador bo‘ladi, deb hisoblagan.
Biroq transfer oynasi yopilishiga qariyb uch hafta qolganida muzokaralar sezilarli darajada sekinlashdi. Berrada vaziyatni eng yuqori darajada muhokama qilish uchun «Nyukasl» bosh direktori Devid Xopkinson bilan shaxsan bog‘langan. Unga Xoll sotuvga qo‘yilmagani ma’lum qilingan.
«MYu» amalda «Nyukasl»ning ushbu pozitsiyasini qabul qilgan. Klub boshqa yuqori darajadagi chap qanot himoyachisini sotib olmaslikka qaror qildi. Bu esa kelajakda Xoll transferiga yana qaytish imkoniyatini saqlab qolish uchun qilingan.
Kutilishicha, «MYu» ushbu masalani kelasi yozda yoki hatto undan oldin yana ko‘rib chiqadi.
✍️ | Harri Amass:
Transfer oynasi davomida 12 dan ortiq klub Harri Amassga qiziqish bildirgan. Ular orasida «Sporting», «Volfsburg», «Seltik», «Stok Siti», «Birmingem Siti», «Milluoll», «KPR» va «Byornli» bor edi.
«Byornli» Amass uchun taxminan £3,5 million taklif qilgan, biroq «Yunayted» bu taklifni rad etgan. Klub futbolchi uchun qariyb £6 million olishni istagan.
Shundan so‘ng «Yunayted» Amassni ijaraga berish variantini ham ko‘rib chiqdi. Jumladan, «Derbi Kaunti»dan ijara taklifi kelib tushgan.
Biroq yakunda klub Harri Amassni asosiy tarkibda qoldirishga qaror qildi.
✍️ | Sheshkoga sherik bo‘ladigan yana bir hujumchi:
«Yunayted»ning ayrim futbolchilari jamoaga Sheshko bilan hujumdagi yuklamani bo‘lisha oladigan yana bir markaziy hujumchi kerak, deb hisoblagan.
Bu Kunya va Mbeumoga o‘zlari uchun eng qulay pozitsiyalarda ko‘proq o‘ynash imkonini bergan bo‘lardi. Ya’ni, ularni markaziy hujumchi sifatida majburan ishlatishga ehtiyoj kamayardi.
✍️ | «MYu» 100+ million funtlik transferga boradimi?
Ushbu transfer oynasidan so‘ng «MYu» APLdagi an’anaviy «katta oltilik» tarkibidagi bir futbolchi uchun £100 milliondan ortiq mablag‘ sarflamagan yagona klub bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, yaqin yillarda Retkliff va Gleyzerlar oilasi qiymati £100+ million bo‘lgan transferni ma’qullash-ma’qullamasligi borasida shubhalar mavjud.
Klub ichidagi qarashlarga ko‘ra, £100+ millionlik bitta superyulduz transferidan ko‘ra, narxi nisbatan qulayroq bo‘lgan bir nechta futbolchini xarid qilish jamoaga ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
✍️ | Baleba bilan bog‘liq vaziyat:
«Yunayted» avgust oyining boshida Baleba olgan to‘piq bog‘lamlari jarohati qanchalik jiddiy ekanini aniqlash uchun kutgan.
Klub jarohat jiddiy emasligi haqida tasdiq olgan.
«Brayton» Baleba yakshanba kuni «Chelsi»ga qarshi o‘yinga qadar jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishiga, shundan so‘ng esa sentyabr oyida maydonga tushishiga umid qilgan.
Biroq «MYu» futbolchining qaytishini shoshirmasligi mumkin. Chunki Baleba jamoaga endigina qo‘shildi va mavsumoldi tayyorgarligining bir qismini o‘tkazib yubordi.
Shunga qaramay, klub Baleba mavsumdagi ilk xalqaro tanaffusgacha kamida bir marta maydonga tushishiga umid qilmoqda.
✍️ | «MYu» 2019-yildan beri ilk bor transfer oynasining so‘nggi kunida xarid amalga oshirmadi:
«MYu» 2019-yildan beri ilk bor yozgi transfer oynasi yopiladigan kuni hech qanday transferni amalga oshirmadi.
@mufcuznews