Bu yilgi “Vatanga qasamyod” marosimi o‘zgacha ruh va mazmunda o‘tkazildi. Avvalgi marosimlardan farqli ravishda, yangi qabul qilingan barcha kursantlar qasamyod so‘zlarini birgalikda, jo‘r bo‘lib, bir ovozdan baralla aytib, Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilishga ahd etdilar.
Ajdodlarining pok ruhi oldida bosh egib, Vatan bayrog‘ini o‘pgan kursantlar uchun bu lahzalar shunchaki marosim emas, balki avlodlar oldidagi mas’uliyatni qalban his etish, muqaddas qasamyodga sodiq qolish va yurt himoyachisi degan sharafli nomga munosib bo‘lishga berilgan tantanali va’da bo‘ldi.




















