Vakansiya yopildi. Oxirgi 1 oydan oshiq vaqtni 10 ga yaqin xususiy… — Muallim Muhammad — TG.ME

Muallim MuhammadBirga ishlashimiz mumkin Oxirgi 6 yilda faoliyatim prezident maktabida boshlanib, Merit va Rahimov schoolga ulanib ketdi. Bu orada katta tajriba yig’dim, yangi loyihalar tashkil qildik. Tarix, shaxsiy rivojlanish, bu yildan AP darslarini rejalashtirib turibman.…
Vakansiya yopildi.

Oxirgi 1 oydan oshiq vaqtni 10 ga yaqin xususiy maktablar bilan muzokaralarda o’tkazdim. Ajoyib takliflar kelib tushdi. Ta’lim bozorida bizga bildirilgan ishonchdan xursand bo’ldim.

Barcha taklif egalariga rahmat aytaman.

Tanlov Mudarris maktabi bilan yakunlandi. 4 ta filial, 3000 ga yaqin o’quvchisi bor maktabda akademik direktor sifatida faoliyatimni davom ettiradigan bo’ldim.

Mudarris jamoasi bilan hamkorlikda maktab ta’limini yuqori bosqichga olib chiqishga va ustozlar jamoasi ishlashi uchun eng qulay maktablardan biriga aylantirishga harakatni boshlaymiz.

O’zi hayrli qilgan bo’lsin, duolaringizda eslab qo’ying)
❤90🔥49👍32⚡10💯1
August 19, 2026 4.3K 29 12