Birinchi darsni qanday o’taman 2-qism Ertaga birinchi darslarimni… — Muallim Muhammad — TG.ME

Muallim MuhammadIlk dars uchun qo'llanma.pdf
Birinchi darsni qanday o’taman 2-qism

Ertaga birinchi darslarimni boshlayman. Shaxsan o’zim nimalar qilaman?

1. Ismlarni yodlayman
Darsimga kiradigan barcha bolalar ismlarini rasmiga qarab yodlab olaman. Hamma ustozlar “o’zingizni tanishtiring” deb qayta-qayta so’rayveradigan kunda men ularni tanib darsga kiraman. Noodatiylik hissini beradi sizga nisbatan.

2. Tartib-qoidalar
Bolalarni 4-5 guruhga bo’lib, sinfimizda nimalar qilish mumkin va mumkin emasligini muhokama qilib yozdiraman. Keyin barchasini o’qib, mos keladiganini olaman, qolganiga o’zimnikini qo’shaman. Bolalar o’zlari qoidalarni tuzishdagi ishtiroki tufayli amal qilishlari oson bo’ladi.

3. Jazo va mukofotlar
Belgilangan qoidalarga amal qilmasa nima jazo beriladiyu, qilinsa nima mukofotlar bor? Buni ham guruhlar miqyosida muhokama qilamiz. Yakuniy xulosani ulardan eshitgan holda o’zim beraman. Ham o’yin, ham guruhda ishlash, ham fikrlashga undash, ham tartib joyiga keladi.

4. Tarix nega kerak?
Bu mavzuda dars o’tib beraman. 5-6 ta muhim sabablar keltiraman. Bolalar tarix o’qimasa nima yo’qotishi mumkinligini anglataman. Buni butun fanga bir marta o’taman. Har bir mavzuga ham so’rab qolishsa, “fanni tushuntirganman, mavzu esa fanning bir bo’lagi” deb javob berib ketaman.

5. Qayerga boramiz?
Bir yillik yo’lni ko’rsataman. Nimalar qilamiz? Nimalarni o’rganamiz? Qanaqa inson bo’lib chiqamiz bu xonadan?

6. O’zimni tanishtiraman
Yo’q, ism-familiyam va qiziqishlarimni emas. Xarakterimni va men bilan qanday muomala qilsa ishlash osonligini o’rgataman.

Masalan: “Jahlim tez chiqishi mumkin, shu vaqtda talashmang. Ozgina vaqtdan keyin oldimga yolg’iz kelib, xato qilgan bo’lsam tushuntirsangiz, kechirim so’rashdan uyalmayman” deyman.

7. Ulardan kutuvlarim
Maqsadim ilm va xarakter shakllantirish ekanligini, qadriyatlarimizga amal qilishlarini, ulardan yuqori kutuvlarim borligini va buning sabablarini tushuntiraman. Ustoz-shogird an’anasini tushuntiraman va bunga amal qilishlarini kutishimni aytaman.

Xato qilish xonamda tabiiy qabul qilinishini, uyalish va kibrni tashqarida qoldirishlarini, xato qilsa tan olishlarini, mardlik va himmatni ulardan kutishimni uqtiraman.

8. Kimni aytgani bo’ladi?
Meni ham sizni ham xohlaganingiz bo’lmaydi. Sizni ta’lim va tarbiyangiz uchun nima yaxshi bo’lsa shu bo’ladi. Men aytganim xato bo’lsa mantiqiy asos keltira olsangiz o’zgartiramiz deyman.

@MuallimMuhammad
🔥43❤23👍7⚡2
September 1, 2026 3.2K 10 97