MSR Aka - uka matematiklar: post #2787 — TG.ME

Forwarded fromTATa’lim uz
⚡️Bugun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish yakunlanadi

2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasidagi 31 808 ta vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Vakant o‘rinlarga ariza topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabinetidagi “Vakant o‘rinlar uchun ariza berish” bo‘limidan foydalanish kerak.
 
Qo‘shimcha tanlovda 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida qatnashib, kamida 56,7 ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qatnashishi mumkin.
 
Abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rin mavjud bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bunda oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim shakli — kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakllardan birini tanlash imkoniyati mavjud.

📝 Mandat qabul yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇

🔗 @talim_eduuz
August 28, 2026 143 2