MSR Aka - uka matematiklar: post #2784 — TG.ME

Forwarded fromTATa’lim uz
⚡️Kontraktni 4 qismga bo'lib to'lash mumkin: shartlari va muddatlari haqida batafsil

✔️Har yili toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan talabalarga kontrakt toʻlovlarini bir yil davomida 4 qismga boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% ni — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% ni — 2025-yil 1-yanvargacha;

75% ni — 2025-yil 1-martgacha;

100% ni — 2025-yil 1-maygacha.


❗️Eslatma: to’lov muddatlari uzaytirilishi ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan holatlarda OTM rektorlari belgilaydi. 2025-2026-o'quv yilida birinchi kurslar uchun dastlabki 25 foizni to'lash muddati 30-oktyabrgacha uzaytirilgan edi.

🔰 Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliygohlar kontrakt narxlari va toʻlash muddatlarini mustaqil tarzda belgilaydi.

Joriy yilda birinchi kursga qabul qilingan talabalar va yuqori kurs talabalari kontrakt to'lovi uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuboradi.

❗️Boʻlib toʻlash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda oʻqimoqchi boʻlgan abituriyentlardan dastlab 50% toʻlovni amalga oshirish talab etiladi. Shundan keyin kontraktning qolgani miqdorini umumiy tartib asosida boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇

🔗 @talim_eduuz
✅1
August 27, 2026 172 2