❗️HEMIS tizimida 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar kontingentini shakllantirish boshlandi!
2026-yil 17-avgustdan e’tiboran HEMIS axborot tizimida yangi o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va shakllantirish imkoniyati yaratildi.
📝 Talabalar kontingentini shakllantirish tartibi quyidagicha:
1️⃣ Ta’lim yo‘nalishini kiritish (agar avval kiritilmagan bo‘lsa);
2️⃣ O‘quv rejasini shakllantirish;
3️⃣ Akademik guruhlarni shakllantirish;
4️⃣ “Darslarga ruxsat berish (qabul)” turidagi farmoyishni yaratish;
5️⃣ Talaba anketasini kiritish va unda ushbu farmoyishni ko‘rsatish;
6️⃣ Farmoyishga tegishli talabalarni biriktirish;
7️⃣ Farmoyishni imzolash va bajarish.
✅ Mazkur bosqichlar to‘liq bajarilgach, talaba 1-kurs 1-semestrining tegishli akademik guruhida “O‘qimoqda” maqomida aks etadi.
ℹ️ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tizimga faqat tegishli asosga (litsenziya, akkreditatsiya, qaror) ega bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini kiritish hamda faqat ruxsat etilgan ta’lim shakli va o‘quv yili bo‘yicha o‘quv rejalarini yaratish mumkin.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Forwarded fromTa’lim uz
August 20, 2026 262