Mamlakatimizda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va sohani raqamlashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bugun “Issiqlikta’minoti” AJda issiqlik ta’minotini sun’iy intellekt asosida monitoring qilish markazi ishga tushirildi.
Loyiha doirasida zamonaviy ultratovushli hisoblagichlar va avtomatik boshqaruv qurilmalari joriy etilib, sun’iy intellekt asosida issiqlik tarmoqlarini real vaqt rejimida monitoring qilish, issiqlik yo‘qotishlari va avariyalarni oldindan aniqlash hamda mutaxassislar malakasini oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Asosiy pilot hudud sifatida Angren shahri tanlangan bo‘lib, loyiha muvaffaqiyatli natija bergan taqdirda ilg‘or texnologiyalarni kelgusida respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha issiqlik ta’minoti sohasini raqamlashtirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish hamda tizim boshqaruvida shaffoflik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|










