Murojaat_va_yechim Doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar… — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI — TG.ME

#Murojaat_va_yechim
 
Doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar qabuli bugun ham Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida tashkil etilib, unda aholi vakillari va tadbirkorlarning sohaga oid 60 dan ziyod murojaatlari mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganildi.


➡️ Mazkur muloqotlar davomida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish, ruxsatnomalar olish, qo‘shni hududdagi qurilishdan norozi fuqarolar murojaatlari hamda tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaatga alohida yondashilib, mavjud muammolar mas’ullar bilan birgalikda tahlil qilinib, ularga huquqiy tushunchalar berildi. Natijada, ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar o‘z yechimini topdi.

📝 Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
❤3👎3🔥1🫡1
September 2, 2026 2K 6