Mustaqillik bayrami munosabati bilan yosh sportchilarda munosib tuhfa
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yosh sportchilar uchun quvonchli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Sport vazirligi tomonidan yosh sportchilarga zamonaviy sport anjomlari hamda sport kiyimlari topshirildi.
Mazkur e’tibor yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, mashg‘ulotlar uchun yanada qulay sharoit yaratish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3
2
1August 28, 2026 2.7K 12









