O‘zbekiston va Ozarbayjon: “Ikki mamlakat - bir chempionat” dasturi muhokama qilindi
Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Farid Gayibov bilan uchrashdi.
Muloqotda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, FIFA qaroriga ko‘ra, kelgusi yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qilishi ta’kidlandi.
Mazkur yirik sport tadbiri doirasida keng ko‘lamli “Ikki mamlakat – bir chempionat” dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.
Uchrashuvda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida yo‘l xaritasi hamda tegishli bitimni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
10
5August 31, 2026 4K 5

