Hatto parollarning bir qismi takroriy bo‘lsa ham, bu sizib chiqish katta xavf tug‘diradi. Chunki ular orqali:
avtomatlashtirilgan tarzda akkauntlar buzilishi (credential stuffing),
fishing hujumlari,
email, VPN, ijtimoiy tarmoqlar va ishdagi akkauntlar buzilishi,
zararli havolalar yuborilishi,
biznesga qarshi hujumlar amalga oshirilishi mumkin.
“Cybernews” mutaxassislari quyidagilarni tavsiya qiladi:
Har bir xizmat uchun noyob va murakkab parol yaratish;@milliy_contentUz
Ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish;
Kompyuter yoki telefonda infostilerlar bor-yo‘qligini tekshirish;
Noma’lum saytlarda login kiritmaslik va shubhali havolalarga o‘tmaslik.










