🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi!
Milliy terma jamoamiz tomonidan qo‘lga kiritilgan tarixiy g‘alabani munosib nishonlash hamda Jahon chempionati saralash bosqichining so‘nggi tur bahsini jamoatchilik bilan birgalikda tomosha qilish maqsadida:
📅 2025-yil 10 iyun, soat 18:00da
📍 Termiz shahridagi "Surxon Arena" stadionida O‘zbekiston – Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv katta monitorda jonli namoyish etiladi.
🎉 Tadbir doirasida "Salom, Mundial!" maxsus loyihasi ham tashkil etiladi.
Unda:
▪️ Yoshlar o‘rtasida futbol namoyishlari;
▪️ Bayramona konsert dasturi;
▪️ Taniqli san’atkorlar ishtirokida madaniy dastur tashkil etiladi.
Tadbirga kirish – bepul.
🔔 Barcha yoshlar va sport muxlislarini ushbu unutilmas kechada ishtirok etishga taklif qilamiz!
Birgalikda — g‘alabani nishonlaymiz!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Forwarded fromSurxondaryo viloyati hokimligi
2
1
1June 9, 2025 52