🔸Hozirgi kunda insonlar orasida bir biriga maqtanish va bir birini kamsitish kabilar juda ortgan. Masalan ,, Men juda zoʻr universitetga kirdim . Bu yerda prizidentlar oʻqigan , businessmenlar oʻqigan " deb maqtanishadi . Ammo insonning ertangi kuni qanday boʻlishligini Allohdan boshqa bilmaydi . Allohning bitta vadasi borki, agar qaysi bandamning qalbida handalning urugʻichalik kibri boʻlsa shu bandamni jannatga kirgizmayman degan. Undan tashqari, shu insonlar bir izlanib koʻrishlarini xoxlardim oʻsha yerda oʻqigan nechta inson prezident boʻlgan ekan , nechta inson milliarder boʻlgan ekan. Menimcha umumiy hisobda bundaylar 10 tadan koʻp emas , agar shu paytgacha millionlab insonlar oʻqigan boʻlsa , ularning 10 tasi , bu millionlab insonlar ichida 0, 000001% ha ham teng emas , bu siz ham shunday Milliarder yoki prezident boʻlishingiz aniq degani emas , chunki shu universitetni bitirib diplomni olib yandex taxi xaydayotganlar ham yetarlicha topiladi .Allohning oʻzi bilguvchidir.
🔹Hech qachon kibr qilmanglar. Eng zoʻri boʻlib ketsangiz ham, butun dunyo sizni eʼtirof qilsa ham kibr qilmang.
Kibrni oxiri xorlikka olib boradi. Shaytonni qismati bizga dars boʻlishi kerak.
▫️Shu bilan birga , bu insonlar ,, sening oʻqishing, menikining yonida hech nima " deb ham qoʻyishadi. Bu gap bir insonning qalbiga ozor berishi mumkinlikini oʻylashmaydi ham.Bitta voqeani aytmoqchiman kunlardan bir kun Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) xursand boʻlibdilar va Oisha onamizga qarab , istalgan savolni soʻrang savolingizga javob beraman debdilar . Shunda Oisha onamiz otamdan (Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu ) bir soʻrab kelay debdi va otalarining yoniga borib, menga paygʻambarimiz shunday imkon berdi nimani soʻray debdi . Shunda otalari Abu Bakr Siddiq Hatto Jabroil alayhissalom bilmaydigan savolni soʻraganlar buki , paygʻambarimiz merojga chiqqanlarida Allah ularga koʻp sirlarni ochgan ayting shulardan bittasini degan savolni aytibdilar. Paygʻambarimiz bu savolga shunday javob beribdilar : ,, Alloh aytdiki : ,, Mening naznimda bitta bandamning qalbi shu qadar buyukki unga bitta xursandchilik solgan insonni men hech qachon doʻzaxga tashlamayman ". " Shunda Oisha onamiz xursand boʻlib otalariga bu gaplarni aytganlarida , otalari xafa boʻlib shunday dedilar : ,, Allohning nazdida bitta bandaning qalbi shu qadar buyukki unga bitta xafagarchilik solgan insonni jannatga kirgizmaydi . "
◾️Bunga qarangga shu ikki qator gapni aytishlik bilan jannatga kirmasllikka dalil boʻladigan 2 ta sabab bor . Biz har kuni qiladigan ishlarimiz bilan doʻzaxni oʻzimiz uchun tayyorlab qoʻymayapmizmi degan savol meni har kuni qiynaydi.