Oʻzbekistonlik ayol Afrikada toza ichimlik suvi chiqarishga homiylik qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayolning bir guruh mahalliy aholi qurshovida oʻtirgani, ularning ayrimlari ayol uchun raqsga tushib berayotgani aks etgan video ommalashdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yashovchi Dilbar Alimxoʻjayeva “Temir ota” oshxonasi rahbari sifatida mashhur. Biznesini bozorda manti sotishdan boshlagan ayol hozirda yirik tadbirkorlardan biri.
YUNISEF maʼlumotlariga koʻra, Afrika davlatlaridagi 190 million nafar bolaning hayoti va sogʻligʻi toza suv yetishmasligi sabab xavf ostida. Benin, Burkina-Faso, Kamerun, Chad, Kot-dʼIvuar, Gvineya, Mali, Niger, Nigeriya va Somalidagi bolalarda bu ayniqsa yuqori.